Fakultetlarning akademik guruh murabbiylari bilan davra suhbati o‘tkazildi

Fakultetlarning akademik guruh murabbiylari bilan davra suhbati o‘tkazildi

t.me/jizpi_online

2021-yil 10-sentyabr kuni Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S. Eshbekova, “Kimyoviy texnologiya”, “Energetika va radioelektronika”, “Arxitektura va qurilish”, “Transport”, “Qurilish materiallari muhandisligi” fakultetlarining akademik guruh murabbiylari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda “Energetika va radioelektronika” fakulteti dekani, dots. U. Yarlakabov,

“Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani, dots. A. Berdiqulov

hamda “Transport” fakulteti dekani, i.f.d. N. Saidaxmedovalar,

dekan muovinlari hamda akademik guruh murabbiylari ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuvlarda S. Eshbekova hafta davomida o‘tilayotgan “Mustaqillik darsi” soatlarining holati va professor-o‘qituvchilarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlardan xabardorlik holati bo’yicha munosabat bildirdi.

Shu bilan birgalikda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 370-son buyrug‘i bilan tanishtirdi, hamda akademik guruhlardagi talabalarning guruh pasportlarini yangilash, ijarada turuvchi talabalarga “Ijara shartnomasi” tuzishlariga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha, talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirishning mezoni, hamda 2021-yil 24-oktyabrda bo‘ladigan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi”da professor-o‘qituvchilarning faol ishtirok etishlari, saylov qonunchiligi bo‘yicha siyosiy bilimlarini kengaytirishlari va akademik guruh talaba-yoshlariga ham saylov qonunchiligi bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalar berishlarini ta’kidlab o‘tdi. 

Professor-o‘qituvchilarni “Institutning odob–axloq qoidalari”ga amal qilishlari va guruh talaba-yoshlarini ham “Institutning odob–axloq qoidalari” bilan o‘quv yilining boshlanishida  tanishtirishlari shartligi to‘g‘risida, shuningdek, har bir professor-o‘qituvchilarga talaba-yoshlar bilan munosabatda bo‘lganda, muomala madaniyatiga rioya qilishligi aytib o‘tildi.

S. Eshbekova so‘zining oxirida - "Barchangizga yaxshi ma’lum bugun O‘zbekiston tom ma’noda yangilanmoqda, yangi O‘zbekistonning asoslari, poydevori yaratilyapti. Biz har birimiz ziyoli sifatida “Yangilanayotgan O‘zbekistonni barpo etishda” o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur va barcha jamodoshlarimni ushbu yo‘lda yanada yuksak marralarga erishishlaringizda ulkan zafarlar tilayman" - deb o’z so‘zini yakunladi.




Report Page