1

1

1

Maqsadning hayotdagi muhim roli.

ErgashevSeptember 15, 2021

Blogimni ancha muddatdan beri insonlarni maqsadlariga erishishiga undovchi qandaydir omilga aylanishi uchun nima qilishim kerakligi haqida uzoq o`yladim. Shundan so`ng, ushbu maqolani yozishga qaror qildim. 


Men yashab o`sgan muhitdagi insonlarda toki maktabni bitirgunicha yagona maqsad - institut kirish maqsadi (ba'zilarda orzu) bo`lgan. Institut kirganidan keyin nima bo`lishi umuman ahamiyatsiz. Xuddi institut kirsa bo`ldi, demak kelajakda undan oilasini boqib biladigan. yaxshi va qimmat mashinada yuradigan inson yetishib chiqadi. Aynan meni o'zim ham aynan shunday fikrda katta bo`lgan avlod vakiliman. Ammo institut kirgach, anchayin ko'p tanishlar orttirdim, insonlarni bilish doiram kengaydi va taksistlik qilib yurgan oliy ma'lumotli, davolash fakultetini tugatgan vrachlarni ko'rdim. Shu paytgacha bo'lgan o'y fikrlarimning bari juda sodda va jo'n ekanligini tushunib yetdim. Maqsad - institut kirish emas, maqsad - kelajakda o'zingiz sevgan ishni qilish va ishingizni mukammal mutahasissi bo'lish. Inson ertaga nonushtada nima yeyishini aniqlab olishi shart emasdir, ammo kamida 4-5 yildan keyin, qayerda va qanday holda bo`lishini maqsad qilib olishi zarur. Yashaydigan viloyatimda Muhandislik-texnologiya instituti bor. Man tanigan va Muhandislik-texnologiya institutni bitirgan tanishlarimning 90% dan ortig`i biritiboq Rossiyaga ketgan, yoki taksichilik qiladi, yoki qayerdadir oshpaz. Mening ba'zi do`stlarimning dadasi ham, aynan Muhandislik-texnologiya instituti yoki Universitetlarni bitirgan, hozirda taksichilik, dallolik, yoki boshqa qaysidir ishni qiladi. Bu so`zlarim bilan bu ikkala insitut obro`yini tushurmoqchi emasman, shunchaki bu insonlarning hayotdagi maqsadi institut kirish, institut kirgach esa - diplom olish bo`lgan. Xolbuki, Muhandislik-texnalogiyalar insitutini bitirib, dasturchi bo`lib ishlaydigan bola - eng yaxshi doktorlardan ham yaxshiroq pul topadi. Chunki, zamonimizda eng dolzarb kasblardan biri bu IT sohasi bo`lib turibdi va O`zbekiston sharoitida bu sohani egallagan inson bir oyda staji 30 yillik vrachdan ham kattaroq pul topa oladi. Hozirgi IT sohasida ishlaydiganlarning ko`pchiuligi aynan biror-bir institutni tamomlagan emas, shunchaki 3-6 oylik kursda o`qib chiqqandan so`ng, sohasini yaxshi vakili bo`lib ishlamoqda. Uning maqsadi institut kirish emas, kasbini mukammal ustasi bo`lish va yaxshi pul topish edi. Xolbuki, aynan eng zo`r IT'chilar Muhandislik-texnologiya institutidan chiqishi kerak emasmidi?


Shuning uchun, aynan maqsadni to`g`ri tushunib olish kerak. Maqsad faqatgina pul topish emas, sevimli ishini qilish va kasbini mukammal ustasiga aylanish. Umuman olganda qaysi soha bo`lishidan qat'iy nazar, siz kasbingizni eng zo`r ustasi bo`lsangiz, albatta pul orqangizdan tinmay quvaveradi. 

Manashu inson yaqqol misol.

https://www.instagram.com/p/CRZYEuqFv4Q/?utm_source=ig_web_copy_link

Report Page