1.

1.

Sodikovna

👨‍👩‍👧‍👦Farzandli bo‘lgach juftingiz bilan yaqin munosabatni qanday saqlab qolish mumkin?


Farzand tug‘ilgach er va xotin munosabatlari yangicha vazifalar bilan yo‘g‘riladi. Bu ularning o‘zaro sevgisi, romantikasiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ba’zida erlar ayoli hayoti faqat boladan iborat bo‘lib qolganidan arz qilishadi, aslida esa ayol ham shu vaqt er tarafidan e’tibor yetishmaganidan qiynalayotgan bo‘ladi. Munosabatlaringizni saqlab, o‘zingizni yaqin va baxtli qilish uchun bir nechta maslahatlar tayyorladim.

1. Instagramni hayotingizga namuna qilib olmang. U joyda ideal ko‘ringan munosabatlarni o‘z hayotingizga taqqoslash juftingizdan, o‘zingizdan hafsalangiz pir bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Siz ham turmush o‘rtog‘ingiz ham oddiy odamlarsiz, munosabatlaringizda kelishmovchilik bo‘lishi, instagramdagidek romantika bo‘lmasligiga oddiy qarashga harakat qiling. Hayotingizni boshqalarnikiga qiyoslamang.


2. Har xil mavzularda gaplashing. Mavzuyingiz faqat bola yoki ovqat bo‘lmasin. Birgalikda film ko‘ring, bilim oling.

3. Uchrashuvlar tashkil qilib turing. Ikkingiz yolg‘iz qolishingiz juftlik rolingizga qaytishga yordam beradi. Hovlida daraxt tagida yoki magazinga chiqishda bo‘lsa ham birgalikda vaqt o‘tkazing.


4. Bir-biringizga jismonan teginib turing. O‘z jufti bilan quchoqlashish, qo‘l ushlashib turish savobligini hamma biladi. Psixologik jihatdan esa bu ikkingizga ham o‘zingizni sevimliroq, birgalikda erkinroq his qilishingizga yordam beradi.


5.Hazillashib turing. Turmush mushtini tortayotganingizda hayotingizga zavq qo‘shadigan narsa bu hazil-kulgudir. Faqat hazil bir-biringizni yerga urishdan iborat bo‘lmasin.


Unutmang, ota-onalik vaqtinchalik vazifa, farzandlaringiz ulg‘aygach yana juftingiz bilan birga qolasiz. Shuning uchun fidokor ota-ona bo‘lib, juftingiz va o‘zingizni ham unutib qo‘ymang😀


Har bir ota yoki ona ota-onalik vazifasidan ham dam olib turishi kerak.


@psixologiya_olamiii | #ruhiyat

Report Page