Talabalar muammolari ijobiy hal etilmoqda

Talabalar muammolari ijobiy hal etilmoqda

t.me/jizpi_online

Bugun, 8-sentyabr kuni Jizzax politexnika institutida talabalarning talabalar turar joyiga joylashishi va ijaraga turar joy topishida ko‘maklashish bo‘yicha ovozli chat tashkil etildi. Ovozli chat institutning Telegramdagi "JizPI online" rasmiy kanalida bo‘lib o‘tdi. Ovozli chatda institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Sanobar Eshbekova, institut Axborot xizmati rahbari Jahongir Tulakov, shuningdek, barcha maʼsullar hamda talaba-yoshla va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Ovozli chatda S. Eshbekova tomonidan institut rahbariyati va xodimlari har bir talabani o‘z farzandiday ko‘rib, uning taqdiriga befarq bo‘lmasligi, ularning har bir muammosi fakultet rahbariyati, ustozlari ko‘magida hal qilinishi hamda amaliy yordam berilishi taʼkidlandi. Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish tartibi, ijaraga joylashish boʼyicha zarur maʼlumotlar berildi. Ovozli chat davomida talabalar hamda ota-onalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

Yakunda bu kabi ovozli chatlar yana tashkil etilishi va kerakli maʼlumotlar institutning rasmiy sahifalarida berib borilishi taʼkidlandi.


Qayd etish kerakki, bugungi kunda institut talabalarining talabalar turar joyiga joylashishi va ijaraga turar joy topishlarida ko‘maklashish boʼyicha bir qancha amaliy ishlar bajarilmoqda. Ushbu masala yuzasidan institut xodimlari talabalar holidan doimo xabardor bo‘lib, ularning har birining turar joy bilan taʼminlanishini nazorat qilib borishadi. Turar joyga ehtiyoji bor talabalarga institut rahbariyati, dekanlar, dekan oʼrinbosarlari va guruh rahbarlari hamkorligida amaliy yordam beriladi.

Report Page