Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi.

Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi.

Metodik xizmat bo‘limi

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi metodistlari hamda Qumqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limi fan metodistlari tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tumanidagi 15-, 19-, 23-, 58-, 63-, 76-, 78-, 79-umumiy o‘rta ta’lim maktablari O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2022 yil uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash me’zonlarini aniqlovchi indikatorlar asosida o‘tkaziladigan reyting baholash jarayoniga kiritilgan.

Mazkur maktablarining tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilib, hududdagi tajribali trener o‘qituvchilar hamkorligida 9-sinf o‘quvchilaridan matematika, fizika, ona tili va adabiyot fanidan bilim darajasini aniqlash maqsadida test olinib, natijalari tahlil qilindi. Ushbu maktablarda faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilarga so‘rovnomalarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ushbu ta’lim muassalarida faoliyat olib borayotgan fan o‘qituvchilari bilan sohada bo‘layotgan o‘zgarish va yangilaklar borasida davra suhbatlari o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Mashg‘ulotlar davomida umumta’lim muassasalarida fan o‘qituvchilari uchun darslarni zamnoviy axborot texnololgiyalaridan foydalangan holda sifatli tashkil etish hamda bu borada kerak bo‘ladigan elektron resurslar, taqdimotlar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlash uchun zaruriy dasturlar ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Report Page