Jizzax politexnika institutida “Oliy ta’lim muassasalaridagi fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘tkazilayotgan o‘quv-seminari” bo'lib o'tmoqda

Jizzax politexnika institutida “Oliy ta’lim muassasalaridagi fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘tkazilayotgan o‘quv-seminari” bo'lib o'tmoqda

t.me/jizpi_online

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada faollashtirish va mazkur yo‘nalishdagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning 2021-yil 12-noyabrdagi 476-sonli buyrug‘iga asosan 2021-yil 19-noyabrdan buyon Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar faoliyatini yanada jadallashtirish, ularning bugungi kunda dunyoda kechayotgan geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini oshirish bo‘yicha Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari uchun o‘quv-seminarlari 2021-yil 19- noyabrdan boshlab buyruqda ko‘rsatilgan OTMlarda o‘tkazib kelinmoqda. 

Shu jumladan,  2021-yil 6-7- dekabr kunlari Jizzax politexnika institutida ham Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari uchun seminar tashkil etildi. O‘quv-seminarda ZOOM dasturi orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘ining Otabek Bazarov ham ishtirok etdi. 

Seminarda “Oliy ta’lim muassasalarida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirishda tyutorlarning vazifalari” mavzusida Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i - Mansur Boysariyev, “Mahalla – oliy ta’lim muassasasi – oila” o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etish mavzusida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori - Bahodir Hasanov, Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati haqida JDPI Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori - Sarvar Nazarqosimov, “Dekan o‘rinbosarining talaba-yoshlar bilan ishlashda tyutorlar bilan hamkorligi” hamda “Tyutorlik tizimining umumiy vazifalari va mas’uliyati” mavzularida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Besh tashabbus markazi koordinatori - Azizbek Amonov, “Din niqobidagi ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” mavzusida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi (PhD), dinshunos Odiljon Ernazarov, “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar Uchinchi Renessansning muhim omili” mavzusida institut o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari - Sunnatillo Turapov, "Zamonaviy ekstremistik tahdidlar"dan yoshlarni himoyalash uslublari mavzusida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor vakili - Ma’ruf Hamidov, “Suitsid sabablari va profilaktikasi” mavzusida Jizzax politexnika instituti psixologi - Orifjon Rajabovlar  ma’ruzalarini bilan ishtirok etdilar.

Seminar qatnashchilari mavzular bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, ma’ruzachilar berilgan savollarga tegishli tarzda javob berdilar.

O‘quv seminarning birinchi kuni qiziqarli, taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.


Tadbirdan fotolavhalar:




Report Page