..

..

t.me/jizpi_online

Bugun, 6-oktabr kuni Jizzax shahar soliq inspeksiyasi xodimlari Jizzax politexnika instituti tashrif buyurishdi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad institut talabalariga qulaylik yaratish bo’lib, unda Jizzax shahar soliq inspeksiyasi xodimlari, fakultetlarning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan o’rinbosarlari, talabalar hamda ijarachilar ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilariga, talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi, ijara shartnomasini tuzish uchun talab etiladigan hujjatlar, qanday holatlarda ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilishi va shu kabi ko’plab ma’lumot berildi.

Tadbir savol-javob tarzida tashkil etilib, talabalar hamda ijarachilarda paydo boʼlgan barcha savollarga javob berildi.

Yakunda ijara to‘lovining bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishini xohlagan talabalar o'z fakultetlarning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan o’rinbosarlariga uchrashishlari kerakligi ta'kidlandi.

Report Page