Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda faol ishtirok etganlar taqdirlanishdi

Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda faol ishtirok etganlar taqdirlanishdi

t.me/jizpi_online

Viloyat hokimligida Prezident saylovi jarayonlarida faollik ko‘rsatgan bir guruh institut professor-o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Tadbirda Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi Adham Ibodullayev hamda Markaziy saylov komissiya a’zosi Alisher Usmankulovlar ishtirok etdi. 


Tadbirda saylov kompaniyasini tashkil etish, saylov qonunchiligidan ko‘pchilikni boxabar qilishda munosib ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarning samarali mehnatlari xususida to‘xtalib o‘tildi. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda faol ishtirok etgan va o‘ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib, vijdonan bajargan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, hududiy trenerlarning saylov jarayonidagi mehnatlari alohida e’tirof etilib, ulardan bir guruhi faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Xususan, institutimizdan Saylov jarayonlarida faol ishtirok etgan institut Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan Z.Yodgorov, X.Xidirov, Sh.Turatov va Professional ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi A.Mustafoqulovlar munosib taqdirlanishdilar. 


Faxriy yorliqlarni Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxodjayev nomidan Adham Ibodullayev o‘z egalariga topshirdi.

Report Page