Jizzax viloyati 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Institutga tashrif” tanishtiruv tadbiri tashkil etildi

Jizzax viloyati 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Institutga tashrif” tanishtiruv tadbiri tashkil etildi

t.me/jizpi_online

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili munosabati bilan Jizzax politexnika instituti tomonidan joriy yilning 4-avgust kuni Jizzax viloyati 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Institutga tashrif” tanishtiruv tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirga 25 nafar tarbiyalanuvchi va 5 nafar pedagog xodim tashrif buyurdi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilimli va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish zarurligi ta’kidlandi hamda Mehribonlik uylaridagi bolalarga saboq berish, ularni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha yangi metodikalar ishlab chiqish topshirildi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida tashrif buyurgan tarbiyalanuvchilar institutda yaratilgan mavjud shart-sharoitlar, kafedralar faoliyati, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar va keng imkoniyatlar bilan batafsil tanishtirildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari institutning sport zallari va maydonlarida, har bir kafedraning o‘quv laboratoriyalarida bo‘ldilar va ularning imkoniyatlari va erishgan yutuqlari bilan tanishdilar. Bir nechta kafedralar tomonidan master-klasslar tashkil etildi. Ayniqsa, “Kimyoviy texnologiyalar”, “Logistika”, “Fizika”, “Jismoniy tarbiya”, “Transport vositalari muxandisligi” kafedralari tomonidan o‘tkazilgan master-klasslar tarbiyalanuvchilarda katta taassurot qoldirdi.

 Axborot-resurs markazida esa kitob fondi, elektron kutubxona haqida ma’lumotlar berildi.

Tashrif buyurganlar uchun “kofe breyk” tashkil etildi. Kafedralar tomonidan Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarni qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish borasida kelishib olindi.


HD formatdagi videoni tomosha qilish:

👉 https://youtu.be/QjZzDof_4BQ


Institut matbuot xizmati

Report Page