Jizzax politexnika institutida “Yoshlar OITSga qarshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Jizzax politexnika institutida “Yoshlar OITSga qarshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

t.me/jizpi_online

Ma’lumki, har yili 1-dekabr sanasi an’anaviy ravishda «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi. 2021-yil 3-dekabr kuni Jizzax politexnika institutida “Yoshlar OITSga qarshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri X.Xamdamova olib bordi va u ushbu tadbirning mazmun-mohiyati hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida tushunchalar berib o‘tdi. Tadbir davomida viloyat OITSga qarshi kurash markazi bosh vrachi N.I.Asqarova, viloyat OITSga qarshi kurash markazi sanitar-targ‘ibotchi vrachi M.G‘.Sodiqov va markazning targ‘ibotchi-mutaxassisi M.Q.Boboyevlar so‘zga chiqib, talaba-yoshlarning OITS kasalligi va unga qarshi kurashish choralariga oid tibbiy bilimlarini oshirish maqsadida ishtirokchilarga o‘z maslahatlarini berishdi. Talabalar kasallikning yuqish manbalari, davo choralari, hududlardagi statistik ma’lumotlar haqida savollar bilan murojaat qilib, o‘zlari qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Report Page