ʼʼYangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylikʼʼshiori ostidagi mehr-muruvvat xayriya tadbiri

ʼʼYangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylikʼʼshiori ostidagi mehr-muruvvat xayriya tadbiri

 t.me/jizpi_Online

Joriy yilning 30-noyabr kuni Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti 101-21 TVM guruh talabalari, tyutori boshchiligida, Xorijiy tillar kafedra mudiri va o‘qituvchilari bilan birgalikda, Jizzax viloyati "29-sonli Mehribonlik uyi" ga tashrif buyurishdi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, noyabr hamda dekabr oylarida tug‘ilgan tarbiyalanuvchilarni tavallud ayyomi bilan tabriklash edi.


Tadbir davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga turli xildagi yeguliklar tarqatilib,konsert dasturi va sport chiqishlari bo‘lib o‘tdi va ularga bir qator sovg‘alar ulashildi.




Tadbir soʻngida mehribonlik uyi direktori Oydin Xamraqulova Jizzax politexnika institutiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Report Page