02.04.2022

02.04.2022

Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati

90 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy barcha shart-sharoitlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Boysun tumani geografik joylashuvi jihatdan asosan, tog‘ oldi va yaylov hududlardan iborat. Tumanning ichki infratuzulmasini yangilash maqsadida 2021-yilda bir qator amaliy ishlar olib borildi. Xususan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasi asosida tumandagi ikkita ijtimoiy ahvoli og‘ir hudud tanlanib, ushbu hududlarda maktab, maktabgacha ta’lim, qishloq vrachlik punkti, ichki yo‘llar ta’miri, ichimlik suvi, elektr energiyasi, gaz tarmoqlari yangilanib, aholining turmush tarzi yaxshilandi.

2022-yilda ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida tumandagi ijtimoiy ahvoli og‘ir hududlar tanlanib olindi hamda ushbu hududlarda amaliy ishlar boshlandi.

Jumladan 2022-yil 1-aprel kuni tumandagi 2-sektor hududiga qarashli To‘da mahalla fuqarolar yig‘inida 90 o‘ringa mo‘ljallangan Sendvich paneli asosida qurib bitgazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini foydalanishga topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi, tuman prokurori, mahalla faollari ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida so‘zlar ekan, olis va tog‘ yon bag‘irlarida manashunday zamonaviy, barcha shart-sharoitlarga ega bunday tashkilotlarning xalqimiz xizmatiga topshirilishida albatta yurtimizning tinchligi, xalqimizning shukronaligi hamda nuroniylarimizning duolari ila erishayotganimiz alohida ta’kidlandi.

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti 90 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 1 mlrd 450 mln so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazildi. Ayni vaqtda “To‘da” mahallasida 178 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud bo‘lsa, shularning 150 nafari ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari aholi bandligini ta’minlash maqsadida ushbu tashkilotga hududdagi jami 30 nafarga yaqin  pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilinadi.

2022-yil yakuniga ko‘ra yana 8 ta Sendvich panel konstruksiyali, 2-ta investitsiya dasturi asosida va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari asosidagi bolalar sog‘lom rivojlanishi va o‘qib talim-tarbiya olishi uchun barcha shart sharotlarga yega Davlat maktabgacha talim tashkilotlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bunda tumandagi 760 nafar bola maktabgacha talimga qamrab olinadi va  180 nafar xodim ish bilan taminlanadi.

Yurtboshimiz aytganlaridek “Bir so‘z bilan aytganda, biz maktabgacha ta’lim sohasida har jihatdan zamonaviy tizim yaratishimiz kerak. Kelgusi 3—4 yilda 3—7 yoshdagi barcha bolalarni maktabgacha ta’limga to‘liq qamrab olishga erishmog‘imiz shart. Bu ertangi kunimizni hal qiladigan masala va biz buni albatta amalga oshiramiz"!!!


🔷 Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati


Report Page