02.03.2022

02.03.2022

Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati

“Ibratli kelin” ko‘rik-tanlovi

Boysun tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayramini munosib o‘tkazish, oilalarda milliy qadriyatlar va ajdodlar merosini keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 2 mart kuni tumandagi markaziy madaniyat uyida 4-sektor hududidagi mahallalar o‘rtasida "Ibratli kelin" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda tumandagi "Tuzbozor", "Chorchinor", "Sho‘rsoy" va "Obi" mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kelinlar ishtirok etdilar.

Ko‘rik-tanlov 4 shart asosida: tanishtiruv, milliy qadriyatlar ajdodlardan meros, pazandalik sirlari va erkin mavzu shartlari bo‘yicha o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirok etgan kelinlar "Ibratli kelin", "Ma’naviyatli kelin", "G‘ayratli kelin", "Nafosatli kelin" nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lib, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


🔷 Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati


Report Page