Jizzax politexnika institutining Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti faoliyatiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Institutga yangi Yoshlar Ittifoqi yetakchisi tayinlandi

Jizzax politexnika institutining Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti faoliyatiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Institutga yangi Yoshlar Ittifoqi yetakchisi tayinlandi

t.me/jizpi_online

Bugun, 2-noyabr kuni Jizzax politexnika instituti asosiy binosidagi majlislar zalida institutning Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti faoliyatiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda institutining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi xodimlar bo’limi boshlig’i B.Sherqulov, harbiy xizmatchilar bilan ishlash bo’limi boshlig’i R.Ochilov, tyutorlar, institutning Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Hisobot yig’ilishida so’zga chiqqanlar tomonidan institut boshlang’ich tashkiloti faoliyati haqida gapirilib, Meliyev Sardor Mahmud o’g’li boshlang’ich tashkilotga yetakchisi lavozimiga tayinlanganligi e'lon qilindi.

Meliyev Sardor Mahmud o’g’li

Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Meyliyev Bobur Abdulla o’g’li ish faoliyatini boshqa lavozimda davom ettirayotganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Rasmda B.Meyliyevning hisoboti tinglanmoqda

Yig'ilishda institut boshlang’ich tashkilotining o'tgan vaqtdagi faoliyati tahlil qilindi. B.Meyliyevning hisoboti tinglandi. Yangi yetakchi o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, rejalari hamda g‘oyalari haqida gapirdi.


Report Page