Jizzax politexnika institutida 1-dekabr - “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi

Jizzax politexnika institutida 1-dekabr - “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi

t.me/JizPI_online

Jizzax politexnika institutida 1-dekabr — “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan soha mutaxassislarini jalb qilgan holda “1-dekabr - Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” mavzusida tadbir о'tkazildi.

Tadbirda Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi, katta leytenant M.Hamidov, Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani I.Abbazov, O’zbekiston Vrachlar assotsatsiyasi Jizzax viloyati bo’limi raisi, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi sanitariya targ’ibot vrachi M.Sodiqov, Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari J.Shamshiyev, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

So'zga chiqqanlar tomonidan davra suhbati Jizzax viloyat hokimligi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda viloyatdagi mutassadi tashkilotlar bilan hamkorlikda institut professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida targ’ibot tadbirlarini kuchaytirish maqsadida tashkil etilayotganligi ma’lum qilindi.

Inson o’limiga olib boruvchi bu xastalik ko’p hollarda giyohvandlik, nosog’lom turmush-tarzi, gohida gigiyena qoidalariga amal qilmaslik natijasida yuqish holatlari yuz berishi mumkinligi tushuntirib o’tildi.

Davra suhbati yakunida institut talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutassadilaridan atroflicha javob olishdi.

Report Page