Kelajagimiz egalariga barcha qulayliklar yaratilmoqda

Kelajagimiz egalariga barcha qulayliklar yaratilmoqda

sirdaryo_xtb

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i Botirov Baxtiyor Abdurahmonovich o'zi o'qigan Xovos tumanidagi 7-umumta'lim maktabida bo'ldi.

Tashrif avvalida boshqarma boshlig'i maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko'zdan kechirib, maktab o'quvchilariga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning birinchi yo'nalishi bo'yicha o'quvchi-yoshlarni san'at turlariga qiziqishlarini oshirish, ularning iste'dodlarini yuzaga chiqarish hamda o'quv jarayonida foydalanish uchun mehnat anjomlari olib borildi.

Sovg'a tariqasida olib borilgan mehnat qurollari xususan, bolg‘a, arra hamda qizlar uchun to'qish iplari va anjomlari maktabning mas'ul shaxslariga topshirildi.

"Iqtidorli yoshlar-kelajagimiz davomchilari, ularni qo'llab-quvvatlash davlatimiz ravnaqiga katta xizmat qiladi" -deb o'quvchilarni ruhlantirgan Baxtiyor Botirov o‘quvchilarni bilim olishga butun kuch va g'ayratlarini sarflab, yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shadigan yetuk inson bo'lib yetishishlari kerak ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Sirdaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Report Page