ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

Rasmiy nomi — Beliz
Mustaqillik sanasi — 1981 yil 21 sentabr (Britaniyadan)
Poytaxti — Belmopan
Maydoni — 22 966 km2
Aholisi — 397 483 (2022 yil)
Boshqaruv shakli — konstitutsion monarxiya
Qirol — Karl III
Bosh vazir — Jonni Brichenyo
Rasmiy tili — Ingliz
Pul birligi — Beliz dollari

Beliz nomining kelib chiqishi borasida bir qancha fikrlar mavjud: 1. Mayyalar tilida “beʼlix” –“loyqa suv” degan maʼnoni anglatgan va shu nomdagi daryo nomidan olingan; 2. Afrikadan keltirilgan qullar oʻzlari bilan olib kelgan nom. Angolada ham shu nomli hudud bor.
Poytaxti — Belmopan

Poytaxti — Belmopan

Poytaxti — Belmopan

Poytaxti — Belmopan

Geografik joylashuvi. Beliz Markaziy Amerikaning shimoli sharqida joylashgan davlat. Shimoli gʻarbda — Meksika, gʻarbda va janubda Gvatemala bilan chegaradosh. Sharqda Karib dengizi bilan tutash. Beliz hududining katta qismini zaxkash pasttekisliklar egallagan, janubi gʻarbida Mayya togʻlari joylashgan. Eng yuqori nuqtasi — Viktoriya choʻqqisi (1122 m). Iqlimi — passatli, tropik. Asosiy daryolari — Beliz, Rio-Onda. Tabiiy resurslardan faqat yogʻoch va baliqni koʻrsatish mumkin.
Beliz bayrog'i
Tarixi. Hozirgi Beliz hududlarida IV asrdan X asrgacha Mayya sivilizatsiyasi hukmronlik qilgan. XV asrda Beliz ispanlar tomonidan bosib olingan va ispan mustamlakasi deb eʼlon qilingan. Keyinroq XVI asrda bu yerga inglizlar keldi va hududda birinchi ingliz mustamlakasiga asos solindi. Ular oʻrmonlarni kesish bilan faol shugʻullandilar va yangi yerlar ocha boshladilar. Plantatsiyalarda va qimmat­baho yogʻoch tayyorlashda inglizlar qora tanli qullar mehnatidan foydalandilar. Ispanlar quvib chiqarildi. 1862 yilda bu hudud Britan Gondurasi nomi bilan Britaniya mustamlakasi deb eʼlon qilindi. 1964 yilda Beliz toʻla ichki oʻz-oʻzini boshqarish huquqini oldi. Beliz 1981 yilgacha Amerika qitʼasidagi Britaniyaning oxirgi mustamlakasi boʻldi. 1981 yil sentabrda davlat mustaqil deb eʼlon qilindi.
Beliz gerbi
Iqtisodiyoti. Beliz asosan qishloq xo'jaligi, agrosanoat va savdogarlikka asoslangan kichik, asosan xususiy korxonalardan iborat iqtisodiyotga ega bo'lib, so‘nggi yillarda turizm va qurilishning iqtisodiyotdagi ulushi ortib bormoqda. Mamlakat, shuningdek, sanoat minerallari, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Qishloq xo'jaligida shakar, mustamlaka davridagidek, eksportning deyarli yarimini tashkil etuvchi asosiy mahsulot bo'lib qolmoqda, banan sanoati esa eng yirik aholini ish bilan ta’minlovchi sohadir.
Pul birligi — Beliz dollari
Davlat tuzilishi-konstitutsion monarxiya. Beliz davlati Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi — Britaniya monarxi. Hukumat boshligʻi — bosh vazir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (Senat va Vakillar palatasi) Milliy Kengash. Davlat hududiy jihatdan 6 ta maʼmuriy okrugga boʻlinadi.
Beliz

Manbalar: wikipedia.org / geografiya.uz
Tayyorladi: Imomov Xurshid / Marhamah Study buyurtmasi asosida!

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
👉 TELEGRAM KANALGA KIRISH 👈
👉 MARHAMAH STUDY 👈
👉 FANLAR 👈 

Report Page