Xasta ziyorati

Xasta ziyorati

MFaktor

Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) yonlariga bir necha birodarlarini olib, xasta ziyoratiga bordilar.
Kasal kishi oriqlab ketgan, qushday boʻlib qolgan edi. Xastalik bir insonni shu darajada yeb bitirayotgan edi. Hol-ahvol soʻrashdi. Ogʻir kunlar orqada qolgan boʻlsin, deb tilak bildirishdi. Soʻz orasida Paygʻambarlar sultoni (s.a.v.) undan:
- Oʻzingga qanday duo qilib yurarding? — deb soʻradilar.
- Ey Ollohning paygʻambari, duolarimda: “Ollohim, menga oxiratda beradigan azobingni bu dunyoda tottir, toki u yerda azob koʻrmayin”, deb niyoz qilar edim, - dedi xasta.

Nodir Baxodirovich

Bu duo oxiratga imon kuchidan tugʻilgan edi. Mabodo biror jazo koʻrishi lozim boʻlsa, uni bir kuni mutlaqo bitadigan mana shu dunyo hayotida koʻrishni, abadiy boʻlgan oxirat hayotida esa rohat koʻrishni, baxtli boʻlishni istagan edi. Аammo bunday tushunchaga u janobi Rasulullohdan soʻramasdan, u zotning nima deyishlarini bilmasdan oʻzi kelgan va xato qilgan edi.

Darhaqiqat, Nabiylar sarvari (s.a.v.): Subhanolloh! Sen bunga bardosh bera olmaysan. “Ollohim, bizga dunyodagi yaxshiliklarni ham, oxiratdagi yaxshiliklarni ham ber va bizni jahannam azobidan asra” (Robbana atina fiddunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina azaban nar) deb duo qilsang boʻlmasmidi? — deb tanbeh berdilar.

Saldan keyin Janobimiz (s.a.v.) va birodarlari u yerdan chiqib ketishdi. Ularni horgʻin va majolsiz koʻzlarda balqqan minnat tuygʻulari kuzatib qoldi.


📚 "Saodat asri qissalari" kitobidan.

🤗 Olgan xulosangizni izohlarda yozib qoldirishni va manzur kelgan bo'lsa do'stlaringiz bilan ham ulashishni unutmang!

✈️ Yaqinlarga ham ulashamiz-a?


Report Page