ᅠᅠ
Marhamah StudyRasmiy nomi — Tuvalu
Mustaqillik sanasi — 1978 yil 1 oktabr (Britaniyadan)
Poytaxti — Funafuti
Maydoni — 26 km2
Aholisi — 11 900 (2021 yil)
Boshqaruv shakli — konstitutsion monarxiya
Qirol — Karl III
Rasmiy tili — Tuvalu, ingliz
Pul birligi — Tuvalu dollari, Avstraliya dollari
Arxipelag o'zining zamonaviy nomini 1975 yilda oldi va tuvalu tilidan tarjima qilinganda "sakkizta birga turuvchi" degan ma'noni anglatadi (Tuvaluning sakkizta orollari nazarda tutiladi; to'qqizinchisi Niulakita nisbatan yaqinda o‘zlashtitrilgan). Orollarning yevropalik kashfiyotchisi Alvaro Mendanya de Neyra arxipelagni "Laguna orollari" deb nomladi va 1819 yilda ular "Ellis orollari" nomini olgan. Butun mustamlaka davrida mamlakat shu nom bilan talagan.
Geografik joylashuvi. Tinch okeanining janubi g‘arbiy qismidagi davlat. Sohilining umumiy uzunligi — 24 km. Shimoli g‘arbdan janubi sharqqa tomon 600 km uzunlikdagi masofada joylashgan 9 ta marjon (korall) orollar Tuvaluni tashkil etadi. Asosiy orol — Funafuti. Asosiy tabiiy boyligi — baliq. Iqlimi — subekvatorial.
Tarixi. Arxipelagning dastlabki tarixi juda kam o'rganilgan. Tuvalu orollari miloddan avvalgi 300-500 yillarda Tonga va Samoa orollaridan kelgan odamlar tomonidan o'zlashtirilgan. Tuvalu 1568 yilda orollar yonidan suzib o‘tgan ispan dengizchisi Alvaro Mendanya de Neyra tomonidan kashf qilingan. U arxipelagni “Laguna orollari” deb atagan. XVIII asrgacha Tuvalu boshqa dengizchilar e'tiboridan chetda qoldi. Faqat 1788 yilda orollarning bir qismi ingliz kapitanlari Tomas Gilbert va Jon Marshall tomonidan kashf etilgan. 1819 yilda Tuvalu orollari Kanadaning Rebekka kemasida o'rganildi, uning kapitani kema egasi Ellis sharafiga arxipelagni "Ellis orollari" deb nomladi. 1892 yilda arxipelag Ellis orolining Britaniya protektorati tarkibiga, 1916 yilda esa Britaniyaning Gilbert va Ellis orollari mustamlakasi tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi paytida Tuvalu orollarida Ittifoqchilarning harbiy bazasi joylashgan edi. 1978 yilda mamlakat mustaqillikni qo‘lga kiritdi.
Iqtisodiyoti. Orollarda iqtisodiyot bozor iqtisodiyotiga asoslangan. Iqtisodiy faoliyat asosan Funafuti shahrida toʻplangan. Tuvalu to'rtinchi dunyo mamlakatlariga, ya'ni dunyodagi eng iqtisodiy kam rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Iqtisodi asosan baliqchilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlari — kokos yong‘og‘i va kopra (kokos yong‘og‘ining mag‘zi). Turizmning rivojlanishiga orollarning juda uzoqda joylashganligi to‘sqinlik qiladi. Hukumat marka va tangalar sotishdan ham katta daromad oladi.
Davlat tuzilishi - konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig‘i Britaniya qiroli. Ma’muriy jihatdan mamlakat 7 ta orol provinsiyasiga va a ta poytaxt hududiga bo‘linadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Fale va Fono (shuningdek, Assambleya palatasi) nomli bir palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi.
Manbalar: wikipedia.org / geografiya.uz
Tayyorladi: Imomov Xurshid / Marhamah Study buyurtmasi asosida!
BIZNING SAHIFALARIMIZ:
👉 TELEGRAM KANALGA KIRISH 👈
👉 MARHAMAH STUDY 👈
👉 FANLAR 👈