Iphone'ni ham maydalab tashlagan "Blentec" blenderi haqida eshitganmisiz?

Iphone'ni ham maydalab tashlagan "Blentec" blenderi haqida eshitganmisiz?

MFaktor - Kitobdan Parcha

Tom Dikson yangi ish qidirib yurgan edi. U San Fransiskoda tugʻilib, oʻz diniga boʻlgan ixlosi tufayli Solt-Leyk Cityʼdagi mormonlarning (AQSHʼdagi kichik dinlardan biri) Brigxem Yang universitetiga kirgan va u yerni 1971 yili muhandislik diplomi bilan tamomlagan. Oʻqishni bitirgach, u uyga qaytgan, ammo mehnat bozori mashaqqatli, imkoniyatlar esa oz edi.


Tom Dikson - “Blentec” asoschisi

Tom yoshligidan non yopishga qiziqqan. Oʻz xobbisi bilan mashgʻul boʻlgan vaqtda, uy sharoitida un qiladigan arzon qurilmalar yoʻqligiga eʼtibor berdi. Tom oʻzining muhandislik bilimlarini ishga soldi. Oʻn dollarlik changyutgich motori ustida ishlab, bozorda bor xar qanday tegirmonchadan nafisroq un chiqaruvchi arzon qurilma yasadi.

Elektron tegirmoncha shunchalik muvaffaqiyatli chiqdiki, u qurilmani kengroq koʻlamda ishlab ishlab chiqara boshladi va oradan koʻp vaqt oʻtmay oʻzi tahsil olgan Yuta shtatiga qaytib, blender ishlab chiqaruvchi korxona ochdi. 1995 — yilda u oʻzining birinchi blenderini ishlab chiqardi, 1999 — yilda esa “Blentec”ga asos soldi.


Garchi mahsulot juda yaxshi boʻlsa-da, u haqida deyarli hech kim bilmas va qiziqmas edi. Oʻzining birinchi ish kunida Jorjning koʻzi korxona polidagi bir uyum yogʻoch qipigʻiga tushadi. Atrofda hech qanday qurilish ketmayotganiga ishonch hosil qilgach, Jorj oʻylanib qoladi. Bu qayerdan keldi?

Keyin maʼlum boʻlishicha, Tom korxonadagi oʻzining har kunlik ishi — blenderlarni buzishga urinayotgan ekan. “Blentec” blenderlarining chidamliligini va kuchini sinab koʻrish uchun Tom ularning ichiga taxta boʻlaklarini tashlar va qipiqlar shundan hosil boʻlar ekan.

Jorjda Tomning blenderlarini qanday mashhur qilish mumkinligi haqida gʻoya paydo boʻldi.


Ellik dollarlik kamtarona byudjet bilan (ellik million yoki ellik ming dollar emas), u bozorga yoʻl oladi va bir hovuch marmar sharchalar va golf koptoklari sotib oladi. Soʻng u Tomga kamera oldida taxta boʻlaklarini blenderga solishi kerakligini aytadi.

Ana endi blenderga oddiy plastik yoki loydan qilingan sharcha emas, balki marmar toshcha, sharcha tashlashni tasavvur qiling. Ular shu qadar qattiqki, ustidan mashina oʻtib ketganda ham darz ketmaydi.

U ellikta sharchani blender ichiga solib, uning sekin aylanadigan tugmachasini bosdi. Oʻn besh soniyadan keyin u blenderni oʻchirib, qopqogʻini sekin ochdi. idish ichidan oppoq tutun chiqib ketdi (marmar changi). Sharchalardan esa faqat unga oʻxshaydigan kukun qolgan edi.

Tom “Bic” yondirgichlaridan tortib, “Nintendo Wii” oʻyin qurilmalarigacha yana koʻplab narsalarni blenderga soldi. U yonar tayoqchalarni, Jastin Bieberʼning disklarini, hatto “Iphone”ni ham sinab koʻrdi.

“Blentec” blenderlari nafaqat ularni yanchib tashladi, balki “Will it blend”? ruknidan videolar 300 million marta koʻrildi. Ikki yil ichida kompaniya blenderlar savdosini 700% ga oshirishga erishdi.

“Blentec” hikoysi bizga muhim narsani namoyish etadi: yuqumlilik narsalarning oʻzigagina bogʻliq emas, ularni yaratish kerak.

📚 "Yuqumlilik" kitobidan.

🤗 Olgan xulosangizni izohlarda yozib qoldirishni va manzur kelgan bo'lsa do'stlaringiz bilan ham ulashishni unutmang!

✈️ Yaqinlarga ham ulashamiz-a?


Report Page