ANKARA YILIDIRIM BEYAZIT UNIVERSITETI

ANKARA YILIDIRIM BEYAZIT UNIVERSITETI


Universitet haqida

Ankara Yilidirim Beyazit universiteti Turkiyaning katta nufuzga ega oliy ta’lim muassasi. Universitet yangi avlod talablariga binoan, oliy ma’lumotni tiklash uchun amalga oshirilgan eng oldi innovatsion ta’lim loyihalaridan biri. 2010-yilda ilk talabalarga o’z bag’rini ochgan bu dargohning asosiy binosi Turkiya poytaxti Anqara shahrida joylashgan. Yana bir bino esa, Esenbol tumanida joylashgan. Ushbu binoning ichki maydoni 80 ming kvadrat metr bo’lib, birinchi qurilish 2014-yilda boshlangan. 2016-2017 yili talabalarni qabul qilishni boshlagan.

Universitet ko’plab afzalliklarga ega, qolaversa, ijtimoiy va transport jihatdan bir qancha qulayliklarga ega.

Undan tashqari, oliygoh jahon ta’lim standartlariga mos keladi. Ayniqsa, xalqaro talabalar uchun yetarli darajada qulayliklar yaratilgan.

44 yildan so’ng, 7 fakultet,1 kollej, 4 institut va 1 konservatoriya bilan beshinchi davlat universiteti sifatida talabalar uchun ta’lim berib kelmoqda.

Ankara Yilidirim Beyazit universitetining xaritadagi joylashuvi

Bakalavriat yo'nalishlari haqida batafsil

Kerakli hujjatlar: 

1.   Elektron rasm 3 x 4
2.   Passport asli 
3.   Diplom yoki attestat asli va notarial tarjimasi (turk tiliga)

 Agarda turk tili sertifikati bo’lmasa, universitetga borgandan so’ng ichki imtihon qilinadi va shunga qarab tayyorlov kursiga qo’yiladi.

Agar sizda ham chet davlatida o'qishga oid savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning va savollaringizga javob oling:



Report Page