ÖZYEĞİN UNIVERSITETI

ÖZYEĞİN UNIVERSITETI


 Universitet haqida

Özyeğin universitetini tashkil qilinishi bo’yicha ishlar 2005-yil kuzda Husnu M. Özyeğin fondi tomonidan boshlangan. Jarayon davomida Özyeğin fondi turli biznesmenlar, o’qituvchilar, universitetlar talabalari va yuqori sinf o’quvchilari orasida so’rovnomalar, shuningdek, "Turkiyada va dunyoda soha va kasblarni rivojlantirish" mavzusida izlanishlar olib bordi. Universitet rasmiy ravishda 2007-yil 18-mayda o’z oldiga zamonaviy ta’lim tizimi orqali boshlang’ich va ijtimoiy innovatsion rivojlanishga ulkan hissa qo’shishni maqsad qilgan holda tashkil etildi.

2008-yil sentabr oyida universitet Istanbuldagi Altunizade kampusida o’zining birinchi talabalarini qabul qildi. Özyeğin universiteti, har bir talaba jahon standartlariga mos, sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak deb hisoblaydi. Universitet esa bunday imkoniyatni to’liqligicha taqdim etishga harakat qilib kelmoqda. Shuningdek, 2017-2018 o’quv yilida 86% talabalarga stipendiya olish imkonini yaratib berdi. Universitetda bakalavr bo’yicha 6 ta fakultet va 2 ta kollej hisobiga 23 ta dasturga ega. Bundan tashqari 3 ta institutda 30 ta aspirantura uchun dasturni taklif etadi. Universitetning yana bir Çekmeköy kampusi 280.000 kv.m joyni egallagan bo’lib, talabalar uchun kerakli barcha shart-sharoitlarni o’zida mujassam qilgan. 

Fakultetlar

Menejment fakulteti
Muhandislik fakulteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Aeronavtika va kosmonavtika fakulteti
Yuridik fakultet
Arxitektura va dizayn fakulteti
Fan va texnologiya instituti
Biznes boshqaruvi instituti
Ijtimoiy fanlar instituti
Amaliy fanlar maktabi
Chet tillar maktabi

Özyeğin universitetining kartada joylashuvi

Bakalavriat yo'nalishlari haqida batafsil

Magistratura haqida batafsil

Agar sizda ham chet davlatida o'qishga oid savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning va savollaringizga javob oling:


Report Page