Transport fakulteti tomonidan tadbir tashkil etildi

Transport fakulteti tomonidan tadbir tashkil etildi

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklari bo’yicha tayyorlash markazi ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik fani o’qituvchisi N.Hatamova, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov, Transport fakulteti dekani N.Saidaxmedova, fakultetning dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.


Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. 

Shundan soʻng, tadbirni fakulteti dekani N.Saidaxmedova kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Soʼzga chiqqanlar “Konstitutsiya-farovon hayotimiz poydevori”, “Madhiyamiz g’ururimiz” mavzularida hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar yuzasidan maʼruza qildilar.


Tadbir davomida ”Dekan kubogi ” uchun tashkil etilgan sportning mini futbol turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqa g’oliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Shundan soʻng, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. 

Badiiy qismda harbiy chiqish, davlat ramzlari haqida fakultetning iqtidorli yoshlar ijrosidagi she’rlar, fakultetning iqtidorli talaba-yoshlaridan tashkil topgan QVZ jamoasining komedik ko‘rinishi, fakultet talaba yigitlari ijrosida andijon polkasi ijro etildi.

Tadbir talabalarda katta tassurot qoldirdi.

Report Page