Servis fakulteti tomonidan ʼʼZakovatʼʼ intellektual oʼyini o'tkazildi.

Servis fakulteti tomonidan ʼʼZakovatʼʼ intellektual oʼyini o'tkazildi.

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika institutining Servis fakulteti tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi hamda “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuniga bagʼishlangan ʼʼZakovatʼʼ intellektual oʼyini o'tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani J.Hamidov soʼzga chiqib, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʼotishga jiddiy yondashish lozimligi, shuningdek, yoshlarni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, maktab davridan ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish eng muhim masalalardan biri boʼlib, fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun birinchi navbatda Konstitutsiyada belgilangan normalarni bilishdan boshlash, maqsadga muvofiq boʼlishi agar o‘z huquqlarini to‘la-to‘kis bilsalar korrupsion holatlarga duch kelmasliklari toʼgʼrisida tushuntirib oʼtildi va tanlovni olib borish uchun yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha dekan muovini Saloxitdinov Sherzodga topshirildi. Tanlovni boshlashdan oldin tanlovni baholab borish uchun hayʼat aʼzolari tanlov shartlari va tartibi toʼgʼrisida tanishtirib, savollar jami 15 ta ekanligini aytib oʼtishdi. Tanlovni oʼtkazishda adolatlilik, oshkoralik, xolislik, tenglik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirilishi taʼkidlandi hamda tanlovga qoʼyiladigan talablar va baholash mezonlari haqida aytib oʼtildi. Tanlov yakunida yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʼlimi xodimi R.Abrorova soʼzga chiqib, ʼʼZakovatʼʼ intellektual oʼyinida Servis fakulteti jamoalari bilimlarini namoyon qilishib, oʼyinda faol qatnashganliklarini va tanlovdan maqsad,tanlovda kimdir yutish yoki yutqazishi emas, balki oʼz huquq va majburiyatlarini toʼlaligicha bilishi uchun oʼqib izlanishdan hech qachon toʼxtamasligi kerakligini taʼkidladi.


ʼʼZakovatʼʼ intellektual oʼyinining yakuniy natijalariga koʼra:


1-oʼrinni ʼʼYangi Oʼzbekiston yoshlariʼʼ jamoasi (tyutori Norqo'ziyev Anvar)

2-oʼrinni ʼʼAdolatʼʼjamoasi (tyutori Abdiyev Azamat)

3-oʼrinni ʼʼAlgoritmʼʼ jamoasi (tyutori Qodirov Mansur) egallashdi.

Tanlov koʼtarinki ruhda oʼtdi va gʼoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Report Page