00
1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Institumizda 1-dekabr - OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Barchasi o‘z qo‘lingda” shiori ostida “Hayot – bebaho ne’mat” mavzusidagi tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi v.b dotsenti falsafa fanlar doktori (phd) Sh.B.Turatov, institut profilaktika inspektori mayor F.F.Normatov, “Qurilish materiallari muhandisligi”, “Arxitektura va qurilish”, “Servis” fakultetlari yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, fakultet tyutorlari va iqtidorli talaba yoshlar qatnashdilar.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi v.b dotsenti falsafa fanlar doktori (phd) Sh.B.Turatov, o‘z so‘zida bugungi “Hayot – bebaho ne’mat” mavzusidagi OITS ga qarshi kurashish tadbirini tibbiyot xodimi va mutaxassislar bilan birgalikda tashkil qilib, hozrgi kundagi institutimizning talaba yoshlarining 1-dekabr - OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Barchasi o‘z qo‘lingda” shiori ostida mazmunli tashkil qilish maqsadida “Servis”,“Arxitektura va qurilish” va “Qurilish materiallari muhandisligi” fakultetlari tashabbusi bilan Jizzax viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi yetakchi mutaxassisi, A.Xolboyevning taklif qilinganligini aytib o‘tdi.
Jizzax viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi etakchi mutaxassisi A.Xolboyevga berildi. U o'z so'zida sog‘lom turmush tarzi salomatlik va kuch-quvvat garovidir. Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, turli murakkab vaziyatlarni engib o‘tib, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganishi borasida fikr-mulohazalar yuritdi. Sog‘lom turmush tarzining 7 ta qoidasi misollar bilan talabalarga tanishtirildi. Bu qoidalardan biri - sport, ikkinchisi- to‘g‘ri ovqatlanish, uchinchisi -zararli odatlar, to‘rtinchisi -kun tartibi, beshinchisi-ijobiy kayfiyat, oltinchisi -toza havo va ettinchisi - shaxsiy gigiena. ekanligini ta'kidladi.
Ma'lumot o'rnida shuni takidlash joizki dunyo bo‘yicha kuniga 6000 dan ortiq, O‘zbekistonda kuniga 10-12 nafar fuqarolar OIV infeksiyasini yuqtirib olmoqda. Viloyatda 2018 yil 9 oyi yakuni bilan 513 nafar fuqarolar ushbu kasallik bilan yashab kelmoqda va bu kasallikdan aziyat chekmoqda. Kasallik asosan 80% ida jinsiy yo‘l bilan, 7-8% holatda teri butunligini buziladigan muolajalar natijasida yuqmoqda. Ko‘plab bemorlar xulq atvorini yashirishi, yoki kasallikning yashirin davri uzoqligini inobatga olib yuqish yo‘lini aniqlash imkoni bo‘lmayapti. Bu ayrim rivojlanayotgan hatto o‘ta rivojlangan mamlakatlarning ham iqtisodiy, ham ma’naviy o‘sishiga har jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa nafaqat be’morning oila a’zolaridan, balki, millionlab sog‘lom turmush tarzini yoqlovchi kishilarda ham katta xavotir uyg‘otmoqda, ularni qattiq tashvishga solmoqda.
Talabalarda tadbir yuzasidan tug'ilgan savollarga javob berildi.
Talabalar o'zlariga yetarlicha xulosa chiqarishganini bildirishdi.