Vazir o‘rinbosari Jizzaxdagi OTMlarga tashrif buyurdi.

Vazir o‘rinbosari Jizzaxdagi OTMlarga tashrif buyurdi.



Bugun 13-oktyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi.

Vazir o‘rinbosari tashrif avvalida Jizzax politexnika institutining sig‘imi 600 o‘ringa mo‘jallangan va foydalanishga topshirilgan yangi zamonaviy o‘quv binosida bo‘ldi.

Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, institutning yangi binosida 4 ta ma’ruza zallari va 2 ta professor-o‘qituvchilar uchun xonalar mavjud. Ma’ruza zallarida dars jarayonlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Mazkur o‘quv binosi eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy jihozlar jumladan, interaktiv monitorlar, “E-Minbar”lar bilan jihozlangan. Shuningdek, elektron pardalar, havoni avtomatik isitish-sovutish tizimi hamda ko‘p funksiyali kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Tashrif davomida S.Buzrukxonov talabalar turar-joyida ham bo‘ldi. U yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, talabalar bilan yaqindan suhbat qurdi. 

Talabalar bilan bo‘lgan suhbatda, vazir ularni qiynayotgan muammolar va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi fiklari bilan qiziqdi. 

Talabalar tomonidan, institut talabalari yaratilgan barcha sharoitlardan, xususan, oshxona, kutubxona, kir yuvadigan mashina, dars qiladigan xonalardan samarali foydalanib kelishayotgani ta’kidlandi. 

Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida bo‘ldi.

Filialda yaqinda rekonstruksiya qilingan to‘liq quvvati 300 nafar talabaga mo‘ljallangan yangi o‘quv binosini ko‘zdan kechirdi. U yerda maruza zallari, seminar xonalari va laboratoriya xonalarida bo‘lib, dars jarayonlari bilan tanishdi. Bir muddat vazir o‘rinbosari va talabalar o‘rtasida yuzma-yuz ochiq muloqot o‘tkazildi.

Talaba yoshlarni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ular tomonidan ilgari surilgan takliflar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tashrif davomida Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi barpo etilayotgan o‘quv binosining qurilish jarayoni bilan ham tanishildi.

S.Buzrukxonov quruvchilar bilan suhbatda bo‘lib, obektda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar. Bunyod etilayotgan bino talabalar uchun keng imkoniyatlarga javob beradigan sharoitga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlandi. Vazir o‘rinbosari talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash masalasi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligiga alohida to‘xtalib, olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. 

Tashrif so‘nggida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Report Page