"Qadring baland bo‘lsin, ona tilim"

"Qadring baland bo‘lsin, ona tilim"


Bugun institut faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzli va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son va "Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi hamda "O‘zbek tili haqida"gi qonun qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etish hamda faol qo‘llanilishini rag‘batlantirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Davra suhbatini institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Eshbekova kirish so‘zi bilan ochib, yaqinlashib kelayotgan “21-oktyabr-O‘zbek tili bayrami kuni” bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi. Tadbir davomida S. Eshbekova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari f.f.d. Sobir Axmedovga so‘z berdi. Sobir Axmedov “O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish” mavzusida ma’lumotlar berdi. 

Navbatdagi so‘zni Jizzax davlat pedagogika universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri f.f.d. professor Usmonjon Qosimovga berildi. Usmonjon Qosimov “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” mavzusida ma’lumot berdi. Keyingi so‘z institut “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Dilbar Soatovaga berildi. Dilbar Soatova “Ona tili – bu millatning ruhidir...”mavzusida talabalarga tushunchalar berdi. Tadbir davomida 2022-yil aprel may, iyun oylarida “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish” kursi bo‘yicha Jizzax politexnika instituti rahbar xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasida malaka oshirgan institutning barcha rahbar xodimlari ya’ni soha prorektorlari, fakultet dekanlari bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari malaka oshirish kursini muaffaqiyatli tamomlaganligi munosabati bilan Markaz rahbari Sobir Axmedov tomonidan kurs tinglovchilariga sertifikatlar va faol ishtirok etgan tinglovchilarga tashakkurnomalar topshirdi.

Tadbirning ikkinchi qismi badiiy qism bo‘lib bunda, Servis fakultetining 511-20- guruhi talabasi Mamatqulova Muqaddas, 512-21- guruhi talabasi Uzoqova Xonzoda, 543-20-guruhi talabasi Maxammatov Shaxzod, Kimyoviy texnologiya fakultetining 703-21 guruhi talabasi Azizova Safina, 701-22 guruh talabasi Nematova Sevinch, Energetika va radioelektronika fakultetidan 412-21 guruhi talabasi Abdug‘afforov Nurbek, 451-20 guruhi talabasi  Akramova Madina, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti  804-22 guruhi talabasi Ro‘zimurodova Sevinchlar «Ona tili» to‘g‘risida she’rlarni ifodali aytdilar. 

Transport fakulteti 113-20 YM guruhi talabasi Xolnazarov Oybek tengdoshlarining she’r aytganidan zavqlanib, zaldan tomoshabinlar ichidan o‘z tashabbusi bilan sahnaga chiqib Sirojiddin Saidning «Vatan» to‘g‘risidagi she’ri o‘ziga xos tarzda ifodali aytib berdi va yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi. 

Tadbir yakunida Energetika va radielektronika fakulteti 441-21 guruhi talabasi Suvonov Nomoz «Vatan» haqidagi qo‘shiqni jonli ijroda maromiga yetkazib ijro etdi. S. Eshbekova tadbir yakunida faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga o‘z minnadorchiligini bildirdi va tadbirni yakunladi.

Report Page