Ege universiteti Tabiiy va amaliy fanlar instituti direktori prof. Bahri Başaran va Jizzax politexnika instituti rektori prof. Alisher Usmankulov o’rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ege universiteti Tabiiy va amaliy fanlar instituti direktori prof. Bahri Başaran va Jizzax politexnika instituti rektori prof. Alisher Usmankulov o’rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

t.me/jizpi_online

Ushbu onlayn uchrashuvda Ege universiteti Tabiiy va amaliy fanlar instituti direktori prof. Bahri Başaran, direktor o'rinbosari Ali Mert, Xalqaro bo'lim koordinatori Urana Dandar, Jizzax politexnika institutidan esa institut rektori prof. Alisher Usmankulov, oʼquv ishlari bo‘yicha prorektor G‘ayrat Egamnazarov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Temur Berdiyorov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Uchqun Mirzayev, Ilmiy bo‘lim boshlig’i Jamshid Abdunazarov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Jahongir Ibragimov, Inkubatsiya markazi (IT PARK) rahbari Dilshod Qulmurodov hamda Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Umida Murodovalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bilan bog'liq qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, Magistratura mutaxassisliklari yo’nalishlari bo’yicha:

Magistratura mutaxassisliklarida talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish;
Magistratura mutaxassisliklarida 1+1 qo’shma ta’lim dasturini joriy etish;
Ilmiy ishlar natijalari va adabiyotlardan hamkorlikda foydalanish;
Ikki OTM magistrantlari uchun yozgi maktablar tashkil etish;

Doktorantura ixtisosliklari yo’nalishlari bo’yicha esa:

Ilmiy izlanuvchilar va tayanch doktorantlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish;
Hamkorlikda sohalar bo’yicha ilmiy tadqiqotchilar guruhini shakllantirish hamda xalqaro va mahalliy grantlarda ishtirok etish;
Hamkorlikda nufuzli xorijiy jurnallarda maqola, tezis va darsliklar chop etish; 
Ilmiy izlanuvchi va tayanch doktorantlarga ikki OTM tomonidan ilmiy rahbar va maslahatchilar tayinlash;
Ilmiy ishlar natijalari va adabiyotlardan hamkorlikda foydalanish;
Ege universitetida doktoranturada tahsil olish uchun JizPI ilmiy izlanuvchilarini yuborish;
Hamkorlikda xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkillashtirish;
JizPIda tashkil etilgan ilmiy kengash a’zoligiga Ege universiteti professorlarini jalb etish bo'yicha hamkorlik aloqalarini o'rnatish kelishildi hamda uchrashuv o'z yakuniga etdi.











Report Page