Jizzax politexnika institutining barcha tyutorlari o'rtasida «Zukko kitobxon» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Jizzax politexnika institutining barcha tyutorlari o'rtasida «Zukko kitobxon» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika institutida joriy yilning 14-iyun kuni tyutorlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bilan hamohang harakatlanishi, yurt taraqqiyoti va rivojiga o‘zida daxldorlik hissini tuyib yashashi, talaba-yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy – ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalashi, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirishi, ijodiy salohiyatini oshirishi, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashishini tahlil qilish, iqtidorli, ijodkor tyutorlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otish maqsadida “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi.  

Shuningdek, tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova, hay’at raisi X. Xamdamova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi B. Maxsudov hamda dekan o‘rinbosarlari qatnashdilar.

Tanlovda Nizomga ko‘ra avval e’lon qilingan 10 ta asar asosida tuzilgan 40 ta savol o‘ynaldi va natijalar hisoblab chiqildi.

Eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan tyutorlar va ularning ballari:

1.   Ahmatov Ramazon,Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti tyutori, 17 ball.
2.   Suyunov O‘razboy, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti tyutori, 14 ball.
3.   Isoqov G‘iyos, Arxitektura va qurilish fakulteti tyutori, 11 ball.
4.   Otaqulov Zafar, Transport fakulteti tyutori, 11 ball.

Nizom asosida tanlovning navbatdagi bosqichi o‘n kun muddatdan so‘ng o‘tkaziladi. 





Report Page