***

***

t.me/jizpi_online

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 1-iyunidagi 6/18-1/25-105-sonli xatiga asoslanib, Jizzax politexnika institutining Sanoat texnologiyalari fakultetida “Giyohvandlikning oldini olish va giyohvandlikning salbiy oqibatlari”, “Diniy ekstremizm va terrorizm-jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida soha mutaxassislari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Jizzax viloyati Musulmonlar idorasi matbout kotibi U.Orolov, Jizzax viloyat prokuraturasining ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo’limi katta prokurori Sh.Mamarahimov, Jizzax  viloyat OITS markazi yetakchi mutaxassisi N.Jamolov, Jizzax politexnika instituti profilaktika inspektori mayor F.Normatov, Jizzax davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori S.Abduraimov, Sharof Rashidov tumani Ravalliq mahallasi profilaktika inspektori M.Mamatqulov, Yоshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.Hamroqulov, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova,  fakultet dekani, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovinlari, institutdagi barcha tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonida bugungi kunda yurtimizda giyohvandlik deb nom olgan vabo ko’payib borarayotgani albatta achinarli holat ekanligi ta'kidlandi.

Ushbu illat bilan jabrlanmaslik uchun eng avvalo inson aqlan yetuk, ma’nan barkamol bo’lishi lozimligi, bundan tashqari yoshlarimiz orasida giyohvandlik bilan bir qatorda har xil diniy oqimlarga o’zlari bilmagan holda qo’shilib ketish holatlari uchrab turgani ham aytib o’tildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda aldanib turli oqimlar girdobiga tushib qolayotganlarning katta qismini yoshlar tashkil etayotgani aytib o’tildi. So’z yakunida  talaba-yoshlarga bunday dardlar, illatlar, oqimlarga kirib ketmasliklari uchun avvalo ilmni chuqur egallashlari kerakligi ta'kidlandi. 

Tadbir so‘ngida Giyohvandlikning oldini olish va giyohvandlikning zararli oqibatlari”, “Diniy ekstremizm va terrorizm-jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzularida soha mutaxassislari tayyorlab kelgan videorolik namoyish etildi. Talaba yoshlar esa o‘zlariga tegishli xulosani chiqarib olishdi.

Report Page