Institutda sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Institutda sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi

t.me/jizpi_online

2022-yil 8-iyun kuni Jizzax politexnika institutining bosh binosi madaniyat saroyida institut Sirtqi bo‘limi talabasi E. J. va Transport fakulteti talabasi B. Z.larning jinoiy qilmishlari bo‘yicha ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Sud jarayonida Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi D. Xamraqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov, Arxitektura va qurilish fakultet idekani A. Berdiqulov, Transport fakulteti dekani S. Djiyanbayev, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti dekani M. Mirzabekov, xodimlar bo‘limi boshlig‘i B. G‘aybullayev va fakultetlar dekan muovinlari J.Anarbayev, G. Soatova, fakultetlar tyutorlari, institut yuriskonsulti D. Ergasheva, Kasaba uyushmasi raisi Q. Takaboyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Sayyor sud majlisi Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi sudyasi I. Muhammedova raisligida bo'lib o'tdi. 

Sud majlisida raislik qiluvchi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi sudyasi I. Muhammedova quyidagilarni bayon qildi: 

Transport fakulteti talabasi Z. B. Sh. Rashidov tumani Yangiobod M.F.Y.da onasi bilan yashab kelib, 2022-yil 28-yanvar kuni o‘zining uyali aloqa vositasi – mobil telefonidan Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasida ta’qiqlangan diniy mazmundagi audio, video ma’lumotlarni saqlab, tarqatish orqali Jinoyat Kodeksining 244-Prim-1 moddasi 3-qismi, g-bandida belgilangan jinoyatni sodir etgan. Shuningdek, institut Sirtqi bo‘limi talabasi J. E. Yangiobod mahallasida ota-onasi bilan yashab kelib, 2022-yil 28-yanvar kuni o‘zining uyali aloqa vositasi – mobil telefonidan Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasida ta’qiqlangan diniy mazmundagi audio, video ma’lumotlarni saqlab, tarqatish orqali Jinoyat Kodeksining 244-Prim-1 moddasi 3-qismi, g-bandida belgilangan jinoyatni sodir etgan. Ushbu modda bilan malakalangan jinoiy qilmish uchun qonunga binoan belgilangan jazo, jazoning muqarrarligi va boshqa masalalarni batafsil tushuntirdi. 


Sud jarayoni yakunida sud majlisida raislik qiluvchi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi sudyasi I. Muhammedova hukmni e’lon qildi:

Sudlanuvchilar Transport fakulteti talabasi Z. B. va Sirtqi bo‘limi talabasi J. E. ga qilmishidan chin dildan pushaymonligi, yoshligi va boshqa yengillatuvchi holatlarni e’tiborga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining insonparvarlik xususiyatidan kelib chiqib, 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi belgilandi. To‘rt yil davomida kech soat 22-00 dan tonggi soat 6-00 gacha yashab turgan uyini tark etmaslik, ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik va boshqa cheklovchi holatlar tushuntirildi.

Shuning bilan sayyor sud majlisi o‘z nihoyasiga yetdi.

Tadbir so‘ngida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga jinoyatga jazo muqarrarligi, telefondan to‘g‘ri foydalanish lozimligi, ta’qiqlangan diniy saytlardan foydalanishning oqibatlari haqida tushuntirib o‘tdi. 




Report Page