“Zakovat”

“Zakovat”

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika institutida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining navbatdagi turi bo'lib o'tdi.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 29-yanvar PQ-92 sonli qarori yuzasidan “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivonlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda “Zakovat” intellektual o‘yinlarining navbatdagi turi o’tkazildi.

Ushbu fakultetlararo o’tkazilgan intellektual o‘yinda faxrli 1 – o’rinni Sanoat texnologiyalari fakultetining “ZUKKOLAR” jamoasi talabalari, faxrli     2 – o’rinni  Servis fakultetinining “RENESANS-1” jamoasi talabalari va faxrli 3 – o’rinni Energetika va radioelektronika fakultetining “EVEREST” jamoasi talabalari egallashdi.

“Zakovat” intellektual o‘yini qizg’in bahs munozarali va ko’tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

 


Report Page