***

***

Muallif

Jizzax politexnika instituti Arxitektura va qurilish fakulteti 212-20 MKK guruh talabasi Toliboyev Ilyos Ilxom o'g'li “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik ko'krak nishoni, maxsus esdalik ko'krak nishon belgisi hamda avtobiografik jurnal bilan taqdirlandi.       

Tanlov haqida: Ushbu tanlovda o'zining ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan munosiblar qatorida e'tirof etilgan 458 nafar vatanimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo'shayotgan, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi hamda tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan, shuningdek o'qishda va mehnat faoliyatida, ilm-fan sohasida yutuqlarga erishgan oliy ta'limning bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan, davlat va xo'jalik boshqaruv organlari hamda ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan tashabbuskor talaba-yoshlar, samarali mehnat faoliyatiga ega bo'lgan fuqarolar “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik ko'krak nishoni, maxsus esdalik ko'krak nishon belgisi, avtobiografik jurnal bilan taqdirlanishi belgilangan edi.

I. Tolliboyev ham Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi(MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanloviga taqdim etilgan ishlari ilmiy kengash tomonidan ma'qullandi. Hamda joriy yilning 5-iyun kuni “BEST PUBLICATION” ilmiy-tadqiqotlar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash markazi tomonidan Toshkent Davlat Agrar universiteti katta majlislar zalida “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro tanlovining taqdirlash marosimida g'oliblar safida bo'ldi.

               

💐 Tabriklaymiz! Yutuqlar bardavom bo‘lsin!

Report Page