***

***

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika institutining o'quv ishlari bo'yicha prorektori G'.Egamnazarov institut akademik litseyida bitiruvchi o'quvchi-yoshlar bilan uchrashdi. 

Ushrashuv "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashamiz" mavzusida bo'lib o'tdi.

Tadbirda akademik litsey direktori M.G'oziyeva va barcha mas'ullar ishtirok etishdi. Uchrashuv tadbirida G'.Egamnazarov bitiruvchi-yoshlarga Jizzax politexnika instituti, institut faoliyati hamda ilm va izlanish yo'lida o'zlarining bosib o'tgan hayotiy yo'llari haqida ma'ruza qildilar.

Bitiruvchilarda aytilgan fikr va mulohazalar katta qiziqish uyg'otdi. Uchrashuv samimiy suhbat va qizg'in munozaralar asosida o'tdi. Tadbir davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan uchrashuv mehmoniga murojaat qilib, zarur fikr va xulosalarga ega bo'ldilar.

Tadbir yakunida akademik litsey direktori M.G'oziyeva so'zga chiqib, barcha bitiruvchilar hamda litsey jamoasi nomidan G'.Egamnazarov hamda institut ma'muriyatiga akademik litseyga qaratilayotgan katta e'tibor va yaratilayotgan ulkan sharoit, imkoniyatlar uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Report Page