Akademiklar bilan uchrashuv

Akademiklar bilan uchrashuv

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti Energetika va radioelektronika fakulteti Energetika kafedrasi tomonidan "Akademiklar bilan uchrashuv" tashkil etildi.

Joriy yil 3-iyun kuni Jizzax politexnika institutida "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" davlat dasturi va may-iyun oylari respublikamizda Yoshlar oyligi deb e’lon qilinganligi munosabati bilan tashkil etilgan "Akademiklar bilan uchrashuv" tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti t.f.d. prof. P.Kalandarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi G'.Ikramov ,Energetika va radioelektronika fakulteti dekani U.Yarlakabov, Energetika kafedrasi mudiri M.Anarboyev, soha mutaxasisslari, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Institutning ikkinchi binosi Majlislar zalida tashkil etilgan uchrashuvda katta hayotiy tajribaga ega, ilm sohasida mashaqqatli yo‘l bosib o‘tgan olimlarning ilmiy faoliyati borasidagi fikr-mulohazalari va hayotiy tajribalari haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimiz taraqqiyotini ilg‘or ilm-fansiz tasavvur etib bo‘lmasligi, sohaga qaratilayotgan katta e’tibor, olimlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar ertamiz egalarining barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashiga zamin bo‘layotgani ta’kidlandi. 

Bunday uchrashuvlar iqtidorli talaba-yoshlarni va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy tadqiqot sohalarida yangiliklar, ixtirolar qilishga undash, iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishiga ishonamiz.

Maroqli uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.

Report Page