«So‘nggi qo‘ng‘iroq» 

«So‘nggi qo‘ng‘iroq» 

t.me/jizpi_online

Ma’lumki, bugun yurtimizning barcha maktablarida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri Jizzax politexnika instituti jamoasi ishtirokida Zomin tumanidagi Achchi qishlog‘ida joylashgan 46-maktabda bo‘lib o‘tdi. 

Maktabga institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Usmankulov Alisher Kadirkulovich tashrif buyurdi.

Tadbir avvalida institutimiz rektori tomonidan bitiruvchilarga Prezident tabrigi yetkazildi.

Tadbirga so‘zga chiqqanlar, so‘nggi vaqtlarda mamlakatimizning ta’lim sohasidagi yangiliklari, olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritib, bitiruvchilarning kelgusi faoliyatlarida zafarlar tiladilar.

Ilm-fan sirlarini egallab, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish, Vatanimiz kelajagi yo‘lida hamjihat bo‘lib harakat qilish har bir insonning sharafli vazifasi ekanligi ta’kidlandi. 

Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tengdoshlari va tadbir mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.

Hayajonli va unutilmas onlar sifatida muhrlangan kun o‘quvchilar qalbiga yaxshilik urug‘ini in’om etdi.



Report Page