RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

t.me/jizpi_online

Ijtimoiy tarmoqda "Jizzax politexnika institutida bitta fandan 3 baho olsa, 6 oylik stipendiya berilmas ekan." mazmunidagi xabar tarqatildi.


Jizzax politexnika instituti ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:


Ushbu tarqatilayotgan xabar mutlaqo asossiz.


Institutda talabalarga stipendiya tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.

Unga ko'ra, o'quv semestri yakuni bo'yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi “qoniqarli” baho bo‘lgan davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

Talabalardan bu kabi holatlarga duch kelganda institut rahbariyatiga murojaat qilishlari so'raladi.

Report Page