***

***

t.me/jizpi_online

Joriy yilning 29-aprel kuni institutimizning ikkinchi binosi Madaniyat saroyida Transport fakulteti tomonidan “Rektor va talaba-yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. 

Tadbirda institutimiz rektori A.Usmankulov boshchiligida, soha prorektorlari, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i B.Maxsudov, institut Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig’i I.Meliyev, institut Oʻquv-uslubiy boshqarma boshlig’i J.Nasriddinov, institut Axborot-resurs markazi boshlig’i Sh.O’ralov, fakultet dekani S.Jiyanbayev, dekan oʻrinbosarlari G.Soatova, S.Sharipov, D.Tolliboyev, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. 

Uchrashuv avvalida institutimizning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori S.Eshbekova soʻzga chiqdi. S.Eshbekova oʻz soʻzida bugungi uchrashuvning maqsadini talabalarga tushuntirib, soʻzni institutimiz rektoriga berdi. 

Rektorimiz o‘z nutqi davomida fakultetning hozirgi faoliyati, ilmiy salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy sohada tashkil etilgan ishlar haqida toʻxtalib o‘tdi. 

Shu o‘rinda institut talabalariga yaratiladigan imkoniyatlar, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli tashkil etilgan keng koʻlamli ishlar haqida soʻzlab oʻtdi. 

Shuningdek, institut rektori talabalarni ish bilan taʼminlash boʻyicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, o‘qishdan tashqari vaqtda talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdilar.

A.Usmankulov o’z nutqi davomida joriy o’quv yilida fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan erishilgan yutuqlarni alohida eʼtirof etib, ularni shaxsan o’zlari taqdirlandilar va talabalarni yanada ruhlantirish maqsadida oʻzlarining motivatsion soʻzlari aytib oʻtdilar.

Uchrashuvning ikkinchi qismi odatga koʻra ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtdi. Unda fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari va tyutorlardan xoli talabalar bilan suhbat olib borildi. 

Institut rektori talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berib, berilgan takliflar boʻyicha ma’sullarga tegishli topshiriqlar berdi.


Report Page