00

00

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti tomonidan Mirzacho‘l tumani Yangidala MFYda “Besh muhim tashabbus - yoshlar nigohida” mavzusida yoshlar festivali o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda Besh nuhim tashabbus doirasida chegara hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlarni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Mirzacho‘l tumani Yangidala MFYda “Besh  muhim tashabbus - yoshlar nigohida” mavzusida yoshlar festivali o‘tkazildi.

Tadbirni dastavval tabrik so'zi bilan Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Eshbekova ochib berdi. So'ng so'z, Mirzacho‘l tumani hokimining birinchi o‘rinbosariga berilib, ular ham o'z so'zlarida bugunimiz va ertangi kunimizning egalari boʼlmish yoshlarimiz, ularni ham jismonan ham ma'nan barkamol o'sishlari baxtimiz poydevori ekanligi xususida to'xtalib, tadbirning qiziqarli shartlaridan biri bo'lmish Zakovat intellektual o'yinini boshlash uchun so'zni Transport fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari G.Soatovaga berdi.

Barchani hayajonga soluvchi intellektual o'yinga start berilgach, bir guruh faol talaba-yoshlardan tarkib topgan jamoalar o'z o'rinlaridan joy olishdi va o'yin boshlandi.

Mehmonda bo'lib o'tayotgan Zakovat intellektual o'yini har qachongidanda qiziqarli, shiddatli, murosasiz va bahs-munozaralarga boy bo'ldi. 

So'ng navbat sport musobaqalariga berilib, unga hakamlik qilish Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri X.Abduvaliyevga topshirildi. Yig'ilganlarning barchasiga yanada ko'tarinki ruh bag'ishlagan sport musobaqalaridan; quvnoq startlar, arqon totish, tosh ko‘tarish (16 kg), shashka, shaxmat, arg‘imchoqda sakrash, darts (nishonga urish), o'rin olgan bo'lib, institutning faol talaba-yoshlaridan, yanada epchillik va chaqqonlikni talab qildi. 

Navbat tadbirning badiiy qismiga ham yetib keldi, hammaga birdek manzur bo'luvchi nazm va navo gulshanini ochib berish uchun so'z Transport fakultetining iqtidorli talabalariga berildi. Go'zal asar va adabiyotimiz durdonalarini o'zida mujassam qilgan she'rxonlikdan so'ng, navbatni sabirsizlik bilan kutib turgan Arxitektura va qurilish fakultetining iqtidorli talabalari ijrosidagi ''Quvnoqlar va zukkolar'' ko'ngilochar sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Yig'ilganlarning barchasiga birdek manzur bo'lgan va tadbirga o'zgacha fayz bag'ishlagan sahna ko'rinishlarining aksariyatida ''talabalar hayoti'' gavlantirilgan bo'lib, mezbonlarning gulduros qarsaklariga sabab bo'ldi. 

Tadbirning eng qaynoq onlarida, Energetika va radioelektronika fakultetining qobiliyatli talaba-yigitlari S.Qilichov va N.Suvanovlar ijrosidagi kuy-u qo'shiqlarga navbat berilib, ularning milliy va ommabop rukndagi qo'shiqlar tarannumi barchani lol qoldirdi.

So'ng, go'zal kuy-u qo'shiqlardan ilhomlangan, sahna markazini egallashga oshiqayotgan Arxitektura va qurulish fakultetining ''Institut raqs to‘garagi qizlari'' jamoasiga navbat berildi. Ular ijrosidagi raqs esa, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma’naviy kamolotga muhabbat tuyg‘ularini singdiribgina qolmay, o‘zbek milliy raqs san’atining o‘rni hamda ahamiyati beqiyos ekanligini koʻrsatdi. Shu bilan birga, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talaba-qizlari Toshqulova Gulziya va Xoliova Rozalar ijrosida qozoqcha qo'shiq tinglandi. Bizning baynalminal xalqimizning ajoyib va betakror an'analari beqiyosligi hech kimga sir emas. Shuning uchun ham balki ko'ksing to'lib gururga to'lasan va bunday jannatmakon yurt farzandi ekanligingdan faxrlanasan kishi.

So'ng, Servis fakulteti talabalari tayorlab kelgan Teatr sahna ko‘rinishiga navbat berildi. O'zida milliy qadriyatlarimiz va milliy mafkuramizni gavdalantirgan sahna ko'rinishi ta'sirli sujetlarga boyligi bilan ham ajralib turdi va yig'ilganlarning qalbidan chuqur o'rin egalladi.

Har nimaning boshi bo'lgani kabi nihoyasi ham mavjud bo'lib, tadbir soʻngida taqdirlash marosimi ham tashkil etildi va faol ishtiroklari uchun yig'ilganlarning barchasi munosib taqdirlandi.

Bo'lib o'tgan tadbirdan ajoyib taassurotga ega bo'lgan Mirzacho'l tumani hokimiyati va Yangidala MFY ma'muriyati Jizzax politexnika instituti rahbariyati va faol talaba-yoshlariga o'zlarining samimiy mamnuniyatini bildiribgina qolmay, kelgusida ham bunday tadbirlarning ko'lami kengroq bo'lishi xususida kelishib oldilar.


Report Page