***

***

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti “QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI” kafedrasi tomonidan 2022-yilning 29-aprel kuni institut tashkil topganligining 30 yilligiga bag‘ishlab institut talabalari o‘rtasida “QALAM USHLASHNI BILADIGANLAR” konkursi o‘tkazilishi haqida ma'lumot bergan edik.

E'lon qilinganidek konkurs bugun erkin mavzuda tashkil etilib, konkurs ishtirokchilari planshetga mahkamlangan A1 shakldagi vatman qog‘oziga o‘zlari xohlagan mavzudagi rasm, shakl, loyiha, chizma (binolar, avtomobillar, liboslar dizaynlari, natyurmort, portret va h.k.) larni tushirdilar.

Konkurs ishida faqat qora qalamdan foydalanishga ruxsat etildi (qalam bilan birgalikda sirkul, lineyka, o‘chirg‘ich rezinadan foydalanishga ham ruxsat etildi). 

Konkursda ishtirokchilar tomonidan bir-biridan betakror asarlar yaratildi. Konkursning yakuniy natijalariga ko'ra, ishtirokchilar institut rektorining “FAXRIY YORLIGʻI” va 500 000 so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


Report Page