***

***

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Usmankulov Alisher Kadirkulovichning Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv ochiq, samimiy ruhda tashkil etilib, unda soha prorektorlari, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi B.Maxsudov, fakultet dekani M.Mirzabekov, dekan muovinlari, boʻlim boshliqlari, fakultetdagi kafedra mudirlari, shuningdek tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Institut rektori o‘z nutqi davomida fakultetning hozirgi faoliyati, ilmiy salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy sohada tashkil etilgan ishlar haqida toʻxtalib o‘tdi. 

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ham ushbu tadbir juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo‘llab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani talaba o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar Vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkoridir. 

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dars jarayoniga bo‘lgan fikrlarini bilish, ularning bandligini ta’minlash, hamda talabalarning mavjud barcha shu kabi muammolarini o‘rganib, hal etishdan iboratdir. Tadbir talaba-yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarish, ular bilan yanada yaqin bo‘lish, ular ichiga kirib borish, ularning muammolarini o‘rganish, hamda kelajakdagi maqsadini anglash yuzasidan tashkil etildi.

Rektor va talaba-yoshlar o‘rtasidagi uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, ayrim mavjud muammolar va takliflari bilan rahbarga bevosita murojaat qildi.

Do‘stona o‘tgan uchrashuvga yig‘ilgan talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdi. Uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalari yuzasidan ham erkin fikr bildirdi.

Uchrashuv davomida fakultetning faol iqtidorli talabalari rektor tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Uchrashuv yakunida rektor institutda an’anaga aylangan bunday rektor va talabalar uchrashuvi doimiy tashkil etilishi, agar biror talabaning alohida murojaati bo‘lsa, qabul qilish uchun eshigi doimo ochiq ekanini ham bildirdi.

Shuningdek, institut rektorining virtual qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini taʼkidladi.

Report Page