Jizzax politexnika instituti tomonidan Mohi Ramazon oyida musibat yuz bergan xonadon ahllarini qo‘llab-quvvatlash, seldan zarar ko‘rgan oilalarga yordam berish kabi ezgu niyatda Forish tumani Egizbuloq qishlog‘iga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Jizzax politexnika instituti tomonidan Mohi Ramazon oyida musibat yuz bergan xonadon ahllarini qo‘llab-quvvatlash, seldan zarar ko‘rgan oilalarga yordam berish kabi ezgu niyatda Forish tumani Egizbuloq qishlog‘iga insonparvarlik yordami jo‘natildi

t.me/jizpi_online

Ma’lumki, respublikamizda joriy yil 19-aprelda boshlangan kuchli yog‘ingarchilik ortidan 20-aprel kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarining qator tumanlarida sellar va suv toshqinlari kuzatildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, sel hodisasi Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida kuzatilgan.

Natijada ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha ob’ektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlangan. 

Forish tumanida 5 nafar fuqaro sel oqizib ketishi natijasida xalok bo‘lgan, 6 nafar fuqaro esa turli darajada tan jarohati olgan.

Ushbu tumanda bir nechta qishloqni sel bosgan, xonadonlar suv ostida qolgan, avtomobillarni suv oqizgan holatlar haqidagi xabarlar barcha yurtdoshlarimizning dilini mahzun qildi. 

Shu munosabat bilan Jizzax politexnika instituti rahbariyati, xodimlari va professor-o‘qituvchilaridan bir guruhi Mohi Ramazon oyida musibat yuz bergan xonadon ahllarini qo‘llab-quvvatlash, seldan zarar ko‘rgan oilalarga yordam berish kabi ezgu niyatda Forish tumani Egizbuloq qishlog‘iga tashrif buyurdi. 

Ma'lumki, qishloqdagi 15-umumta’lim maktabida gumanitar yordamlarni qabul qilish shtabi tashkil qilingan bo'lib, shtabda homiylar va tashabbuskorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordamlari qabul qilinmoqda.

Institut tomonidan qishloq ahlini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun to‘plangan pul mablag‘lari, turli oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyojlar uchun zarur buyumlar, kiyim-kechak, ko‘rpa-yostiq va boshqa buyumlar shtabga taqdim etildi.

Tashrif davomida jabr ko‘rganlarning ehtiyojiga ko‘ra oziq-ovqat va kiyim-kechak tarqatilayotganining guvohi bo'ldik.

Insoniylikning yuksak namunasi bo‘lgan ushbu ezgu ish xalqimizga xos bo‘lib, musibat onlarida yanada jipslashish va bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi milliy qadriyatlarning eng oliy bir darajasidir. Ushbu xayrli tashabbusdan chetda qolmagan institut jamoasi o‘zining birdamligini, saxovatpeshaligini namoyon etdi.


𝓘𝓷𝓼𝓽𝓲𝓽𝓾𝓽 𝓜𝓪𝓽𝓫𝓾𝓸𝓽 𝔁𝓲𝔃𝓶𝓪𝓽𝓲



Report Page