E’LON

E’LON

Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi

“QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI” kafedrasi

2022-yilning 29-aprel kuni 

Jizzax politexnika instituti tashkil topganligining 3o yilligiga bag‘ishlab

institut talabalari o‘rtasida 

“QALAM USHLASHNI BILADIGANLAR” 

konkursini o‘tkazadi.


Konkurs erkin mavzuda o‘tkaziladi.

Konkursda ishtirok etuvchilar planshetga mahkamlangan A1 shakldagi vatman qog‘oziga o‘zlari xohlagan mavzudagi rasm, shakl, loyiha, chizma (binolar, avtomobillar, liboslar dizaynlari, natyurmort, portret va h.k.) larni tushiradilar.


Konkurs ishida faqat qora qalamdan foydalaniladi (qalam bilan birgalikda sirkul, lineyka, o‘chirg‘ich rezinadan foydalanishga ham ruxsat etiladi). 

Konkurs ishtirokchilari institut rektorining “FAXRIY YORLIGʻI” va konkursni o‘tkazish uchun to‘plangan homiylik mablag‘lar asosida shakllantirilgan pul mukofotlari yoki shunga tenglashtirilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Barcha qo‘lida “Qalam ushlashni biladigan” talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.

Konkursda ishtirok etuvchilarga taqdim etiladigan jihozlar:



Report Page