"Amir Temur – Ikkinchi Renessans homiysi"

"Amir Temur – Ikkinchi Renessans homiysi"


Bugun Jizzax politexnika institutida "Amir Temur – Ikkinchi Renessans homiysi" mavzusida fakultet yetakchilari oʻrtasida bellashuv boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda institutning Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻlimi boshligʻi M.Xolbekova, Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi M.Xamraqulov, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, professor-o'qituvchilar, tytorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻlimi boshligʻi M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng, tanlov shartlari bilan barcha ishtirokchilar tanishtirib o‘tildi. 

  1-shart. Tanishtiruv sharti - bunda talaba o‘zini asosiy mashg‘uloti, qiziqishlari va erishgan muvaffaqiyatlari bo‘yicha tanishtiradi.
2-shart.  Temur tuzuklari va harbiy yurishlari haqida savol – javob.
3-shart. Talabalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishini, qiziqishlari va intilishlarini aniqlash maqsadida “Bo‘sh vaqt – xush vaqt” shiori ostida erkin mavzu bo‘yicha sinov. 

Tanlovda fakultetlardan 5 nafar talabalar ishtirok etdi.

1. Energetika va radioelektronika fakultetidan - Suvonov Namoz
2. Qurilish materiallari va Kimyoviy texnologiyalar fakultetidan - Isoqov Bekzod
3. Sanoat texnologiyalari fakultetidan - Majidxonova Zulfuzar
4. Sanoat texnologiyalari fakultetidan - Shoyimov Muhammadali
5. Transport fakultetidan - Omonov Javohir


Yakuniy natijalarga ko'ra,

I o‘rinni Energetika va radioelektronika fakultetidan Suvonov Namoz;
II o‘rinni Transport fakultetidan Omonov Javohir;
III o‘rinni Sanoat texnologiyalari fakultetidan Shoyimov Muhammadalilar egallashdi.  











Report Page