"Kitob—hayotni yaratuvchi murabbiydir"

"Kitob—hayotni yaratuvchi murabbiydir"


Bugun Jizzax politexnika institutida "Kitob—hayotni yaratuvchi murabbiydir" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Jizzax viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i Iqboloy Umarova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurali Qobul, xonanda Muzaffar Xujamberdiev, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni oshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, tadbirning mazmun mohiyati haqida gapirdi.

Tadbirda so'z olganlar tomonidan kitob inson kamolotining cho’qqisi ekanligi, doimo kitoblarni o’qish, bugungi chop etilayotgan gazeta jurnallarni ham muntazam kuzatib borish kerakligi alohida ta'kidlandi.

Shundan so‘ng sahnaga xonanda M.Xujamberdiev chiqib o‘zining diltortar qo‘shiqlari bilan talaba-yoshlarni xushnud qildi. 

Tadbir qizg‘in savol-javoblar bilan davom etdi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.


Report Page