𝕁𝕚𝕫ℙ𝕀 𝕄𝕒𝕥𝕓𝕦𝕠𝕥 𝕩𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚

𝕁𝕚𝕫ℙ𝕀 𝕄𝕒𝕥𝕓𝕦𝕠𝕥 𝕩𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚

t.me/jizpi_online

Oʻzbekistonning madaniyati mangulikka daxldor, degan asosli jumlada biz madaniy qadriyatlar va madaniy meros obyektlarining ulugʻvorligini, avlodlarimiz tarixini eslatuvchi asosiy manba ekanligini tushunamiz. Ushbu qadriyatlarimiz va madaniy meros obyektlarimiz yoshlar tarbiyasini mukammal rivojlantirish, ularning dunyoqarashini oʻzgartirib, globallashuv zamonida tubanlikka tushib qolmasliklarida asosiy manba boʻlib xizmat qiladi.

Prezidentimiz madaniyat va sanʼat sohasi rahbarlari bilan uchrashuvida shunday taʼkidlagan edi: “Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: Mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu maʼnoda, madaniyat—bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz Oʻzbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim”.

Talabalarni teatr sanʼati bilan oshno etish, oʻzbek teatr sanʼatining oʻziga xosligi haqida maʼlumot berish, yoshlarning madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etish ularning ham boʼsh vaqtini mazmunli ham unumli boʼlishida koʼmaklashadi.

Shu munosabat bilan, Jizzax politexnika instituti 2-o’quv binosi katta majlislar zalida Energetika va radioelektronika fakultetining iqtidorli talabalari ijrosida 2022-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasining tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Suyunchi” va “Ota” deb nomlangan o‘zbek milliy spektakllarining sahnaviy ko‘rinishi namoyish etildi. 

Teatrlashgan sahnaviy ko‘rinishning mazmun mohiyati bugungi kundagi yoshlar va yoshi ulug‘lar o‘rtasidagi munosabat, ayrim yoshlarning odob-axloq mezonlarga nisbatan bepisandligi, milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmatsizligi oqibatida yuzaga keladigan noxush holatlarni ko'rsatib berishdan iborat bo'lib, bunda ayniqsa ota va farzandlarning orasidagi mehr va oqibat tuygʻulari gavdalantirgan sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilarda ajoyib taassurot qoldirdi. 

Halol mehnat bilan erishilgan natija, obru abadiy ekanligi aks etgan sahnaviy ko'rinishda ishtirok etgan talabalar uchun ushbu tadbir nafaqat madaniy, ma’naviy xordiq balki, o‘git vazifasini ham bajardi deb o'ylaymiz.

Report Page