𝕁𝕚𝕫ℙ𝕀 𝕄𝕒𝕥𝕓𝕦𝕠𝕥 𝕩𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚

𝕁𝕚𝕫ℙ𝕀 𝕄𝕒𝕥𝕓𝕦𝕠𝕥 𝕩𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi bilan “O‘zbekinvest” EIMS kompaniyasi Jizzax viloyati bo‘limi hamkorligida seminar-trening oʻtkazildi.


2021-2022-o‘quv yilida instituning Servis fakulteti Menejment yo‘nalishi 2-bosqich 531-20 va 532-20 guruh talabalari uchun o‘quv dasturi va o‘quv ishchi dasturida “Moliya” fani qoʼyilgan.  

Fan dasturi bo‘yicha “Sug‘urta” mavzusida ma’ruza va amaliy darslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Shu sababli talabalarga “Sug‘urta” mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan ma’ruza va amaliy darslar “O‘zbekinvest” EIMS kompaniyasi Jizzax viloyati bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mirzayev Sanjar Sobirovich va institutning Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o‘qituvchisi Bobobekov Baxrom Qaxxorovichlar tomonidan tashkillashtirildi. 

Tashkil etilgan o‘quv seminar-treningda talabalar sug‘urta tashkilotlarining jamiyatda tutgan o‘rni, sug‘urta tashkilotlari tomonidan olib borayotgan faoliyatning mazmun mohiyati to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.  

Seminar-trening yakunida talabalar o‘zlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, xar xil yuqumli kasalliklardan sug‘urtalash hamda o‘zlarining yashash xonadonlarini mol-mulklarini sug‘urtalash lozim ekanligi to‘g‘risida fikr mulohazalar qilishdi.

Report Page