00

00

 t.me/jizpi_Online

Joriy yil 07-aprel kuni Jizzax politexnika instituti 2-o’quv binosi katta madaniyat saroyida “Energetika va radioelektronika” fakulteti iqtidorli talabalari ijrosida 2022-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasining tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Suyunchi” va “Ota” deb nomlangan o‘zbek milliy spektakllarining sahnaviy ko‘rinishi namoyish etildi. 

Teatrlashgan sahnaviy ko‘rinishning mazmun mohiyati bugungi kundagi yoshlar va yoshi ulug‘lar o‘rtasidagi munosabat, ayrim yoshlarning odob-axloq mezonlarga nisbatan bepisandligi, milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmatsizligi oqibatida yuzaga keladigan noxush holatlarni ko'rsatib berishdan iborat bo'lib, bunda ayniqsa ota va farzandlarning orasidagi mehr va oqibat esa ushbu tadbir ishtirokchilarda eng ajoyib taassurot qoldirdi. 

Halol mehnat bilan erishilgan natija, obru abadiy ekanligi aks etgan sahnaviy ko'rinishda ishtirok etgan talabalar uchun ushbu tadbir nafaqat madaniy, ma’naviy xordiq balki, o‘git vazifasini ham bajaradi deb o'ylaymiz.

Report Page