Jizzax politexnika institutida Amir Temur tavalludining 686 yilligi keng nishonlanmoqda

Jizzax politexnika institutida Amir Temur tavalludining 686 yilligi keng nishonlanmoqda

t.me/jizpi_Online

9-aprel buyuk ajdodimiz, insoniyat tarixidagi eng qat'iyatli shaxslardan biri, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Amir Temur buyuk sarkarda bo'lishi bilan birga ulamolarni qadrlagan, ilf-fanga katta e'tibor bergan podshoh sifatida tarixda qolgan.

Bilagi zo'r — birni yiqar, bilimi zo'r — mingni" (Amir Temur oʼgitlaridan)

Amir Temur - dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strategik va siyosatchi, hayoti davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.

9-aprel kuni Amir Temurning tavallud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanishi barchamizga maʼlum, shu munosabat bilan bugun Energetika va radioelektronika fakulteti tomonidan Sohibqiron bobomizning 686 yilligiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda: Energetika va radioelektronika fakulteti dekani U.Yarlakabov, dekan muovini B.Mamatkulov, Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻlimi boshligʻi M.Xolbekova, fakultetning professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni kirish so'z bilan fakultet dekani U.Yarlakabov ochib berdi. Tadbirning badiiy qismidan oʻrin olgan Amir Temur va uning hayotiga bagʼishlangan sahnaviy koʻrinishlar yigʼilganlarga namoyish etildi. Shu bilan birga iqtidorli talabalar tomonidan kuy-u qoʻshiqlar ham kuylanib, tadbirning yanada koʻtarinki oʻtishiga yordam berdi.

Report Page