𝕁𝕚𝕫ℙ𝕀 𝕄𝕒𝕥𝕓𝕦𝕠𝕥 𝕩𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚

𝕁𝕚𝕫ℙ𝕀 𝕄𝕒𝕥𝕓𝕦𝕠𝕥 𝕩𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚

t.me/jizpi_Online

Bugun institutimizda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari va sportning ommaviy turlariga keng jalb etish maqsadida,

Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va yugurish turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan viloyat sport musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sport musobaqasini kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ilhom O‘rinov, Energo sotish va moliya masalalari bo‘yicha direktor Muxiddin Xolmurodov hamda Jizzax politexnika institutining Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri Xurshid Abduvaliyevlar ochib berishdi.

Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilayotgan sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va yugurish turlari bo‘yicha viloyat sport musobaqalari Jizzax politexnika institutining sport majmuasida o‘tkazilmoqda.

Sport musobaqalari 17 ta jamoalar o‘rtasida 200 nafardan ortiq xodimlar ishtirokida qizg‘in bellashuvlar ostida bo‘lib o‘tmoqda.



Report Page